O`ZBEK :: ENGLISH    

LIBRARY

         Dilnura Qodirjonova san’atimiz osmonida porlagan yulduz edi. Yuksak va jarangdor ovozi, ovozidagi ajib ehtirosi ashulaga joziba bag`ishlar, bir eshitgan kishi yana eshitsam der, ammo eshitib to`ymasdi.
         Dilnuraning vafoti qalblarni larzaga soldi... Undan yuraklarda dard va armon, va haddi adosiga yetkazib ijro etilgan mumtoz navolar qoldi. “Ey sabo”, “Munojot”, “Qurbon o`lam”, “Nasrulloyi”, “Samarqand ushshog`i”, “Farg`onacha Shahnoz”, “Feruz”, “Guluzorim”, “Bir kelib keting”... yana qay birini aytay?!..
Umid va tasalli ulkim, bu taronalar har bir o`zbek xonadonida jaranglab yashayveradi. Ular barobarida xonanda ham yashayveradi. Demak, Dilnuraga o`lim yo`q.
         Alloh uni g`ariqi rahmat, shoyistayi jannat aylasin. Quvvayi nafasini farzandlariga ato etsin. Omiyn, Rabbul olamiyn!


KIM EDI?

Do`stlar, gulshan aro gulg`uncha xandon kim edi?
Bizni mast etgan o`shal bulbul, g`azalxon kim edi?

Bilmadim aslin, namanganlikmi yo farg`onalik?
Ko`zlari jodu, ajab, zulfi parishon kim edi?

Kuylasa har gal, u xonishdin yuraklar suv bo`lib,
Nolish aylarkan, yana o`tlarga solg`on kim edi?

Gar ovozin qo`ysa, to etgaydi osmon avjiga,
Savti Ushshoqu Navo avjini olg`on kim edi?

Sahnada gar bo`lsa paydo Sarviguldåk qomati,
Poyiga gullar kelib, bir-bir yiqilg`on kim edi?

Ko`ksida dard erdi har dam, bo`ynida durdona ham,
Oshnosi ikki ul – chin birla yolg`on, kim edi?

Ul go`zal Dilnura erdi, ketdi nogoh kuydirib,
Termulib bizdek yana yo`llarda qolg`on kim edi?

O`zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol




Young uzbek singer Ilyos Arabov worthy of the the UNESCO recognition!

Internationa Music Festival ''Sharq taronalari'' 2011, Samarkand,
Special prize of UNESCO.

''Qaro Zulfing'' - music by G. Toshmatov, gazal by Bobur.
''Qomating'' - music by F.Sodiqov, gazal by Navoiy.


Musical Traditions and Ceremonies of Bukhara
Autor:
Alexander B. Djumaev
Abstract:
The author considers Bukharian musical traditions as multi-cultural phenomena which demonstrate different types of syntheses – pre-Islamic and Islamic elements, inter-confessional cooperation and mutual influences of ethnic groups and peoples living in the city. Various factors, such as climatic conditions, traditional architecture and the inclination of its citizens towards musical entertainment >>> read more (on PDF file)


New song on our page from one of best singers of Khorezm area of Uzbekistan Ochilbek Matchonov,
Begonalardan ham - Gazal by Chustiy.



One of the best & popularity song's of Uzbek's
"Galdr" by Yulduz Turdieva.
Dutor player Behzod Safarov.

 

Beqasam to`nlar kiyib buncha mani kuydurasan
Har zamonada bir qarab voy be ajal o`ldurasan

Tog`da yurgan ul kiyikga men nechun zanjir solay
Sen birovning yori bo`lsang men nechun ko`ngl qo`yay ...


Yulduz Turdieva




 
 
© Husniddin ATO,2003-2008